Chexiya poytaxtida davom etayotgan “Prague International Chess Festival-2024” turnirining ortda qolgan 3-tur o‘yinlaridan keyin Nodirbek Abdusattorov 2,5 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida yetakchilik qilayotgan eronlik Parham Magsudluga yaqinlashdi.
Nufuzli musobaqaning kecha poyoniga yetgan 3-turida Abdusattorov chexiyalik David Navarrani 44-yurishda taslim etdi.
Bugun, 1-mart kuni o‘tkaziladigan 4-tur o‘yinlarida Nodirbek hindistonlik Gukesh bilan kuch sinashadi. Shuningdek, ushbu turda David Navarra – Parham Magsudlu, Richard Rapport – Vinsent Kaymer, Nguyen Tay Day Van – Praggnanandxaa, Santosh Gudjrati Vidit – Mateush Bartel, bahslari bo‘lib o‘tadi.
Pragada o‘tayotgan turnirning yakunlangan 3-tur o‘yinlaridan so‘ng Abdusattorov xalqaro reytingda 2757 ochkoli bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, 7-martga qadar davom etadigan ushbu musobaqa 9-turdan iborat.
T.Ro‘ziyev, O‘zA