Parij shahrida Xalqaro hayvonlar sog‘lig‘ini himoya qilish tashkiloti (Xalqaro Epizootik Byuro) assambleyasining 86 sessiyasida 181 mamlakatdan 800 nafarga vakil ishtirok etmoqda. Unda delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda.
Bosh sessiyaning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi davlat veterinariya qo‘mitasi raisi B.Norqobilov so‘zga chiqdi.
Davlat veterinariya qo‘mitasi raisi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan veterinariya sohasidagi tub islohotlar, sohada erishilgan yutuqlar va natijalar hamda Xalqaro Epizootik Byuro bilan O‘zbekiston o‘rtasida hamkorlikning yangi davri boshlagani haqida ma’ruza qildi.
Ta’kidlash joizki, Bosh Assambleyaning joriy yilda o‘tkazilgan sessiyasida hayvonlar kasalliklari sohasida yangi xalqaro standartlar qabul qilinishi, xususan, hayvonlar kasalliklariga qarshi kurashish, hayvonlardan odamlarga yuqadigan kasalliklarga qarshi kurashish, ularning nazorati hamda hayvonlarni muhofaza qilish sohasida, xalqaro savdo-sotiqda oziq-ovqat mahsulotlari, ayniqsa chorvachilik mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash kabi sohalarda dolzarb masalalar ko‘rib chiqilishi belgilangan.
Xalqaro Epizootik Byuro assambleyasining 86-bosh sessiyasi 25 mayga qadar davom etadi.
O‘zA