“Jahon xotirasi” dasturida “Xiva xonligi arxiv hujjatlari” uchinchi o‘ringa munosib ko‘rildi

YUNЕSKOning “Jahon xotirasi” dasturi mukofoti O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida saqlanayotgan “Xiva xonligi arxiv hujjatlari” nomli fond hujjatlari uchun topshiriladi. 
O‘tgan yilning 24-27 oktyabr kunlari Parijda ”Jahon xotirasi” YUNЕSKO dasturi bo‘yicha xalqaro qo‘mitaning navbatdagi majlisiga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida saqlanayotgan “Xiva xonligi arxiv hujjatlari” nomli fond hujjatlari taqdim etilgan edi.
30e8fefe-b849-4f93-a6ec-1922c23aaa12.jpg
Hujjatlarning asliyligi va xalqaro ahamiyatga ega ekanligini inobatga olgan holda YUNЕSKOda nomzodnomalar ko‘rib chiqildi. Unda dunyo mamlakatlaridan 78 ta nomzod mazkur ro‘yxatga kiritildi. Shu tariqa “Jahon xotirasi” xalqaro ro‘yxatiga kiritish maqsadida taqdim etilgan 78 dan ortiq o‘ziga xos tarixga ega mamlakatlar qatorida “Xiva xonligi arxiv hujjatlari” nomzodnomasi YUNЕSKO dasturi bo‘yicha xalqaro qo‘mitaning navbatdagi majlisida uchinchi o‘rinni olib, xalqaro sertifikat bilan taqdirlandi.
8b7af7f9-f35b-4b8a-b88d-fbe2f86858e4.jpg
Bugun ushbu mukofotni topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi.

 

Sayyora Shoyeva, O‘zA