FOTOREPORTAJ

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumanida “Kamalak” yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivalining tuman bosqichi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil etilgan festival yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning madaniyat, adabiyot va san’at sohasidagi iqtidorini namoyish qilish, qo‘llab-quvvatlash maqsadiga qaratilgan.

Festivalda 6 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan ijodkor bolalar klassika, vokal, milliy cholg‘ular, raqs va badiiy gimnastika, tasviriy va amaliy san’at, nasr va nazm yo‘nalishi bo‘yicha yakka va jamoaviy tarzda o‘z iqtidorini namoyish etdi.

Bir necha kun davom etgan “Kamalak” yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivalining shahar va tumanlar bosqichida jami 7 mingga yaqin o‘g‘il-qiz ishtirok etdi.

Yakunda har bir yo‘nalish bo‘yicha g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar tanlovning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichiga yo‘llanma oldi.

 

Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA