O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasida ilk marotaba “O‘zbekiston zargarlik san’ati” mavzusida ko‘rgazma-yarmarka tashkil etildi.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad zargarlik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda xarid qiluvchi tadbirkorlar  o‘rtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash,  ichki bozorni import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar bilan ta’minlash, aholining zargarlik buyumlariga bo‘lgan ehtiyojini qanoatlantirish va qiziqishlarini orttirishdir.

Tadbirda Toshkent shahri va viloyatlardagi  yetakchi zargarlik korxonalari o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etdi. Jumladan, ko‘rgazmada oltin, kumush va boshqa qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari, taqinchoqlar, aksessuarlar, suvenirlar namoyish etildi.

Tashrif buyuruvchilar buyumlarni tomosha qilish bilan birga, ularning sifati yuzasidan zarur ma’lumotga hamda buyumlarni xarid qilish imkoniga ega bo‘ldi.

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA muxbirlari.