FOTOREPORTAJ
Nukus shahridagi 2-kasb-hunar maktabining bosh ustasi Serikbay Mirzaboyev o‘z kasbidan hurmat va izzat topgan fidoyi pedagoglardan. U ta’lim sohasida qariyb 30 yildan buyon samarali mehnat qiladi.
Kasb-hunar maktabida “Elektrotexnika va elektronika asoslari” fanidan o‘quvchi-yoshlarga saboq berib kelayotgan pedagog o‘z bilimini muntazam ravishda boyitib borishni odat qilgan. Shu bois, yangicha pedagogik metodlar asosidagi darslarini o‘quvchilar puxta o‘zlashtirmoqda.
S. Mirzaboyevning yosh avlod ta’lim-tarbiyasi yo‘lidagi samarali mehnati munosib baholanib, Prezidentimiz farmoni asosida o‘tgan yili O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlandi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA