Osiyo o‘yinlarining dzyudo bahslarida Davlat Bobonov va Muzaffarbek To‘raboyev oltin medal uchun kurash olib borsa, Alisher Yusupov hamda Irisxon Qurbonboyeva bronza medali uchun maydonga chiqadi.

90 kilogrammgacha vazn toifasida bellashgan Davlat Bobonov finalda Erlan Sherov (Qirg‘iziston) bilan chempionlik uchun raqobatlashadigan bo‘ldi. Osiyo o‘yinlarining -100 kg vaznida bellashayotgan Muzaffarbek To‘raboyev esa Gonchigsuren Batxuyagga (Mo‘g‘uliston) qarshi oltin medal uchun tatamiga chiqadi.

Bronza medali uchun kurashda esa Alisher Yusupov – Xyota Oga (Yaponiya), Irisxon Qurbonboyeva – Xuslen Otgonbayar (Mo‘g‘uliston) bahsiga guvoh bo‘lamiz.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA