FOTOREPORTAJ
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumani “Qamsariq” ovul fuqarolar yig‘inida yashovchi Lola Ametova qo‘li gul tikuvchilardan.
Bir necha yildan buyon tikuvchilik bilan shug‘ullanib kelayotgan Lola Ametova yaqinda hokim yordamchisi tavsiyasi bilan “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankining tuman filialidan olingan 33 million so‘mlik imtiyozli kredit evaziga 5 dona zamonaviy tikuv uskunasini sotib oldi.
Hozirda uning tikuvchilik sexida o‘zidan tashqari yana 4 nafar xotin-qiz ish bilan band. Bu yerda aholidan kelib tushayotgan buyurtmalar asosida ayollar va bolalar kiyimlari tikiladi.
Kelgusida tadbirkor tikuvchilik sexini kengaytirib, mahsulot ishlab chiqarish hajmi va ishchilar sonini ko‘paytirishni rejalashtirgan.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA