AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Kiyevga tashrifi doirasida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi.

Bu haqda AQSH Davlat departamenti matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ukraina rahbari Blinkenga, xususan, harbiy va energetika sohalarida ko‘rsatilgan yordam uchun minnatdorchilik bildirdi. Zelenskiy Ukrainani og‘ir qish kutayotganini ta’kidladi, biroq u mamlakat xalqi undan omon qolishiga ishonch bildirdi.

Suhbat davomida Blinken Prezident Bayden Ukrainaga uzoq muddatli yordam sa’y-harakatlarini maksimal darajada oshirishini qo‘llab-quvvatlashini aytib o‘tgan. Uning ta’kidlashicha, Ukraina qarshi hujumda katta muvaffaqiyatlarga erishmoqda. Shuningdek, u AQSH Prezidenti Jo Bayden ham Zelenskiy bilan uchrashishni intiqlik bilan kutayotganini qayd etdi.

“Biz mavjud bo‘lgan bir qator masalalarni birgalikda muhokama qilishni kutyapmiz. Ishonchim komil Prezidentimiz bilan tez orada uchrashuv tashkil etiladi”, – dedi AQSH Davlat kotibi.

 

O‘zA