Nigeriya Prezidenti Bola Tinubu mamlakatning chet eldagi barcha elchilarini chaqirib olish bo‘yicha topshiriq berdi.

“Nigeriyaning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida vaziyat tahlil qilib chiqilgach, shunday qarorga kelindi”, deyiladi Prezident ma’muriyatining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Nigeriyaning Nyu-York va Jenevadagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti doimiy vakolotxonalari rahbarlari Bosh assambleya yig‘ilishi munosabati  bilan faoliyatini davom ettiradi.

O‘zA