Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak Hindistonda o‘tadigan G20 sammiti doirasida Xitoy Raisi Si Szinpin bilan uchrashuv o‘tkazish niyatida, deya xabar tarqatdi hukumat matbuot xizmati.
Binobarin, “Times” nashri, o‘z manbalariga tayanib, XXR yetakchisining forumda ishtirok etishi hali tasdiqlanmaganini yozgan.
Sunak Dehlidagi tadbir bahonasida Si Szinpin bilan ilk bor uchrashmoqchi. O‘tgan yil 16 noyabr kuni Indoneziyada, “katta yigirmalik” sammitida rejalangan uchrashuv ma’lum sabablarga ko‘ra o‘tkazilmagan.
XXR TIV rasmiy vakili Van Venbin ma’lumotiga ko‘ra, bugun Dehlida Xitoy va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirlari Van I va Jeyms Kleverli uchrashuvi rejalangan.
“The Times” qayd etishicha, Gonkong va Shinjon-Uyg‘ur muxtor tumanida inson huquqiga rioya qilish masalasida o‘zaro kelishmovchilik bo‘lishiga qaramay, London Pekin bilan dunyoning dolzarb muammolari, xususan, iqlim o‘zgarishidan tortib, Ukrainadagi ziddiyatgacha bo‘lgan masalalarni hal etish uchun hamkorlik qilishdan manfaatdor.
Hindiston 2022 yil 1 dekabrdan “katta yigirmalik”ka raislik qilib kelmoqda. Mazkur guruh sammiti 9-10 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.