Jorjiya shtati sudi 6 sentbyar kuni AQSH sobiq Prezidenti Donald Trampga nisbatan rasman ayblov e’lon qilishi kutilyapti. Bu haqda Fulton okrugi sudi sayti yozdi.
“Sud 6 sentyabr soat 9.30 da bo‘lib o‘tadi”, deyiladi xabarda.
Jorjiyadagi saylovga aralashuv ishi to‘g‘risidagi ish bo‘yicha boshqa ayblanuvchilar ham shu kuni sudda qatnashishi shart.
Jinoiy ish bo‘yicha asosiy ayblanuvchi dastlabki protsessual harakat doirasida qamoqxonaga kelib, hokimiyatga taslim bo‘lishi kerak. Tramp bu amalni 24 avgust kuni bajardi va 200 ming dollar evaziga shu zahoti qo‘yib yuborildi. Bir necha kun o‘tgach, unga sudda rasmiy ayblov e’lon qilindi.
Nyu-York va Florida shtatlari hamda poytaxtning Kolumbiya okrugida Trampga qo‘yilgan aybga oid harakat bir kunda amalga oshirilgan edi. Jorjiyada esa ayni amaliyot biroz kechroq ko‘rib chiqilyapti.
14 avgust kuni nufuzli hakamlar hay’ati sobiq prezident, uning advokatlari, yordamchilari, saylov shtabi xodimlari va Respublikachi partiyaning mahalliy vakillariga nisbatan 2020 yildagi saylovga aralashish aybini ilgari surgan. Ayblov 20 yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan marum qilishni nazarda tutadi.
O‘zA