Mamlakatimizda so‘nggi yillarda tibbiyot sohasini rivojlantirish doirasida mutaxassislar malakasini oshirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Singapurning Nanyang polytechnic international oliygohi bilan ushbu yo‘nalishda hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi.
Hamkorlik doirasida amalga oshirilgan Singapur delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi davomida o‘rta tibbiyot xodimlari malakasini oshirish borasida kelishuvga erishildi. Unga ko‘ra, Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida faoliyat yuritayotgan hamshiralar Singapurning nufuzli klinikalarida amaliyot o‘tab, zamonaviy ko‘nikmalarga ega bo‘lib qaytadi.
Shuningdek, Singapurning Nanyang polytechnic international oliygohi rektori Henry Heng Ceo janoblari boshchiligidagi delegatsiya markazda yaratilgan sharoitlar, muassasa xodimlarining ish faoliyati bilan tanishdi.
M.Qosimova, O‘zA