Xorij matbuoti O‘zbekiston haqida
“Trend” axborot agentligi mamlakatimiz kon-geologiya sohasi mas’ullarining “Petro Vetnam” – “Petrovietnam Exploration Production Corporation” kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuvi to‘g‘risida maqola e’lon qildi.
Muallif yozishicha, vetnamlik mutaxassislar geologik ma’lumotlarni batafsil o‘rganib, hamkorlikda ishlashga tayyorligini ma’lum qilgan. Tadbirda o‘zaro anglashuv memorandumi doirasidagi kelishuvlarni amalga oshirish masalasi ham muhokama qilingan.
1977 yil tashkil etilgan “Petro Vetnam” davlat neft kompaniyasi Malayziya, Indoneziya, Mo‘g‘uliston, Myanma, Jazoir, Iroq, Rossiya kabi davlatlarda turli loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirib kelmoqda. Korxonaning yillik savdo aylanmasi 27 milliard dollar.
Muharrama Pirmatova, O‘zA