AQSHning Tennessi shtatidagi “Brayts” hayvonot bog‘ida yangi retikulyar jirafa buzoq tug‘ildi. Aslida, bu kam uchraydigan voqea emas – u yoki bu hayvonot bog‘ida, deyarli, har hafta jirafa tug‘iladi. Faqat yangi tug‘ilgan jirafa bolasining o‘ziga xosligi – tanasida dog‘i yo‘q.

“Vokrug sveta” sayti xabarida aytilishicha, olimlar g‘ayrioddiy mazkur hodisani izohlab, kamdan-kam holda to‘rsimon jirafa dog‘siz tug‘ilishini ta’kidlashgan. Hayvonot bog‘i rahbari Devid Brayt “WJHL” telekanaliga bergan intervyusida tarixda mukammal ravishda bir xil tuslangan jirafa uchrashini aytdi. Shunday jonivor 1970 yil Yaponiyada tug‘ilgan. Afsuski, hech kim o‘sha misolga dalil keltirmagan.

Hatto, biror surat ham yo‘q. Hech kim ko‘rmagan ekan, bunday jonivor mavjud emas, deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, jirafaning dog‘li naqshi tabiat bilan bog‘liq. Ona orqali buzoqqa o‘tadigan chiziqlar kamuflyaj sifatida xizmat qiladi. Yovvoyi tabiatda shu belgisiz yirtqichdan yashirinish qiyin kechishi mumkin. Ayni payt noyob jirafa uchun nom tanlanyapti.

 

O‘zA