“Mikrokreditbank” ATB va “Asaka Motors International” kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik kelishuviga erishildi.
Hujjatlar “Mikrokreditbank” ATB Boshqaruv Raisi o‘rinbosari Ikrom Jumaniyozov hamda “Asaka Motors International” kompaniyasi bosh direktori Avazbek Jalilov tomonidan imzolandi.
Kelishuvga binoan endilikda, “Mikrokreditbank” ATB mijozlari uchun imtiyozli shartlar asosida “Asaka Motors International” kompaniyasi tomonidan taqdim etiladigan avtomobillarni muddatli to‘lov hamda kredit hisobiga xarid qilish imkoniyati yaratildi.
Kreditlar quyidagi shartlar asosida ajratiladi:
“Yengil avtotransport vositalarini birlamchi bozordan sotib olish uchun” krediti doirasida
Muddati: 60 oygacha
Foizi: 0-21,5 %
Miqdori: BHM ning 2 000 baravari
Boshlang‘ich to‘lov: 10-50 %
“Komfort” avtokrediti doirasida
Muddati: 60 oygacha
Foizi: 9-24 %
Miqdori: BHM ning 2 000 baravari
Boshlang‘ich to‘lov: 20-30%
Ma’lumot uchun: “Asaka Motors International” O‘zbekiston Respublikasida avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniya bo‘lib, 2023 yilning yanvar oyida EXEED brendining rasmiy distribyuteriga aylandi. 2023 yil may oyida esa Sirdaryo viloyatida EXEED brendi ostidagi avtomobillarni ishlab chiqaruvchi korxonani ishga tushirdi. “Asaka Motors International” kompaniyasi, shuningdek, Geely, Opel, Alfa Romeo va Fiat brendlarining ham O‘zbekistondagi rasmiy distrubyutori hisoblanadi.
Bank axborot xizmati
Reklama huquqi asosida