Prezident huzuridagi Strategik islohotlar, Davlat xizmatini rivojlantirish agentliklari, Davlat boshqaruvi akademiyasi Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri ofisi bilan hamkorlikda “Government Quality Award” — O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari samaradorligi mukofoti” dasturini amalga oshirmoqda.

Dastur — mamlakatda davlat boshqaruvi va davlat xizmati samaradorligini baholashga yo‘naltirilgan loyiha hisoblanadi. Joriy yilda eng yaxshi ko‘rsatkichlarni qayd etgan davlat tashkilotlari va davlat xizmatchilari bir necha nominatsiya bo‘yicha mukofotlanishi nazarda tutilgan.

Uchrashuvda “Government Quality Award” dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlarning natijalari muhokama qilindi.

Tadbirda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Otabek Hasanov ham ishtirok etib, BAA bilan davlat boshqaruvi sohasida hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadli ekanini ta’kidladi.

Tomonlar kelajakda davlat boshqaruvida sifat va samaradorlikni ta’minlashga qaratilgan ilg‘or yondashuvlarni joriy qilish yuzasidan kelishib oldi.

O‘zA