Turkiya poytaxti Istanbulni ta’minlayotgan suv omborlaridagi zaxira ikki oyda tugaydi. Agar qurg‘oqchilik davom etaversa, vaziyat yanada keskinlashadi. “NTV” kanali shunday xabar tarqatdi.

“Shaharda 91 kunga yetadigan suv bor, ushbu miqdorning 25 foizi bug‘lanib ketishi ehtimoli nazarda tutilsa, qolgan obi hayot zaxirasi 61 kunga yetadi, xolos”, deya aniqlik kiritilgan axborotga.

Istanbul suv resursi va oqova boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, omborlar to‘lishi darajasi chorshanba kuni 33,37 foiz, ya’ni 289 million kub/metrni tashkil etgan. So‘nggi ikki haftada poytaxt o‘rtacha uch-to‘rt million kub/metrgacha suv iste’mol qilgan. Shu davrda mavjud miqdor to‘rt foiz kamaygan. Mas’ullar ma’lum qilishicha, keyingi sakkiz yilda suv miqdori 52 foizdan pasaymagan edi. masalan, o‘tgan yil avgustda suv omborlari 62 foiz to‘ldirilgan edi.

Hozir esa o‘nta yirik suv omborining yarmi, deyarli, qurigan, 80 foiz zaxira uchta suv omborida jamlangan. Ob-havoshunoslar xulosa qilishicha, yaqin o‘n kunlarda Istanbulda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, harorat 32 darajagacha ko‘tariladi. Mer Akrom Imomo‘g‘li shaharliklarni suv masalasida tejamkorlikka chaqirdi.

 O‘zA