Ta’kidlanganidek, bugungi kunda mamlakatimizda millatlararo hamjihatlik, jamiyatda fuqarolar totuvligini mustahkamlash, barcha fuqarolarga millati va diniy e’tiqodidan qat’iy nazar teng huquq va imkoniyatlar yaratish, yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Davlatimiz rahbarining O‘zbekiston xalqiga Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan yo‘llagan bayram tabrigida “O‘zbekiston — ulkan imkoniyat va resurslarga ega bo‘lgan mamlakat. Lekin bizning eng katta boyligimiz — turli millat va konfessiyalar vakillari o‘rtasidagi tinchlik va barqarorlik, o‘zaro hurmat va hamjihatlikdir” deya ta’kidlagan edi.

Mamlakatimizda har yili Xalqlar do‘stligi kuni bayrami keng nishonlanib kelinmoqda. Bayram arafasida mamlakatimizda millatlararo do‘stlik va totuvlikni, turli millat va elat vakillari o‘rtasidagi o‘zaro hamjihatlik, mehr-oqibat muhitini asrash, milliy madaniyatlar, urf-odat va an’analarni rivojlantirish borasidagi katta xizmatlari, yosh avlodni Vatanga muhabbat va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ibratli ishlari uchun bir guruh yurtdoshlarimiz mamlakatimizning yuksak orden va medallari bilan taqdirlandi. Ularning orasida qoraqalpog‘istonliklar ham bor.

Tadbirda bayram munosabati bilan bir guruh faollarga ko‘krak nishonlari hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. Ishtirokchilarga san’at ustalarining konsert dasturi namoyish etildi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi A.Orinbayev ishtirok etdi.

Dovud ABIBULLAEV,

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA