Ma’lumki, shu yilning 16- 20 oktyabr kunlari Samarqandda Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasining 25- sessiyasi bo‘lib o‘tadi.

Shu munosabat bilan UNWTO ning rasmiy saytida keng  jamoatchilikni Samarqand  shahri bilan tanishtirishga qaratilgan videorolik  joylashtirildi  va  “Samarqand – abadiy shahar” filmi  suratga olindi.

Shuningdek, Bosh assambleyaning  25-yubiley sessiyasi  veb-sahifasi ishga tushirildi va  tadbir qatnashchilarini ro‘yhatga olish ishlari boshlandi.

Ishtirokchilar  Bosh assambleyaning rasmiy sahifasi orqali   nafaqat Samarqandda bo‘lib o‘tadigan  tadbir dasturi bilan   tanishishi, balki    O‘zbekistonga tashrif buyurish to‘g‘risida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishi  ham mumkin, deb xabar beradi  O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi matbuot xizmati.

N. Usmonova tayyorladi, O‘zA.