FOTOREPORTAJ

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyi tomonidan shoir Berdaq tavalludining 197 yilligiga bag‘ishlab, “Berdaq kunlari” haftaligi o‘tkazilmoqda. Haftalik doirasida qator madaniy tadbirlar tashkil etilayotir.

Shunday tadbirlardan biri Qorajon baxshi Qobilov tavalludining 140 yilligiga bag‘ishlandi.

“Berdaq baxshichilik san’atining davomchisi” deb nomlangan adabiy-musiqiy suhbatda adabiyotchi olimlar, san’atkorlar, talaba va o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olganlar XIX asrning oxiri va XX asrning boshida yashab o‘tgan mashhur jirovning ijodi va uning kelajak avlodlarga qoldirgan boy adabiy merosi xususida so‘z yuritdi.

Taniqli baxshilar va yosh iste’dod egalari ijrosida qoraqalpoq xalq kuyi va qo‘shiqlari ijro etildi. Ishtirokchilar shuningdek, muzey ekspozitsiyasidan o‘rin olgan noyob eksponatlar bilan yaqindan tanishdi.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA