Nukus shahridagi I.Yusupov nomidagi ijod maktabida “Jadidlar izidan” tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda shahar va tuman bosqichlarida g‘olib bo‘lgan jami 34 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.
Davlatimiz rahbarining joriy yil 15-16 fevral kunlari Andijon viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar bo‘yicha o‘quvchilarning erkin fikrlash ko‘nikmalarini yanada shakllantirish, ularga ajdodlarimizning boy ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish orqali kitobxonlikka jalb etish maqsadida mazkur tanlov o‘tkazilmoqda.
Ishtirokchilar “Boshqotirma”, “Savol-javob” hamda “Asarlar tahlili” shartlari bo‘yicha jadid namoyandalarining hayoti va ijodi haqida bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.
Tanlov yakuniga ko‘ra 6-7-8 sinf o‘quvchilari o‘rtasida birinchi o‘rinni Ellikqal’a tumanidan Sohiba Karimbayeva, ikkinchi o‘rinni To‘rtko‘l tumanidan Ulug‘bek Amanbayev, uchinchi o‘rinni Nukus shahridan Laylo Aralbayeva, 9-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida birinchi o‘rinni Nukus tumanidan Feruza Doshbayeva, ikkinchi o‘rinni Nukus shahridan Damir Adilbayev, uchinchi o‘rinni Beruniy tumanidan Maya Bekmuratova egalladi.
G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA