Ma’lumki, shu yilning 16- 20 oktyabr kunlari Samarqandda Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasining 25- sessiyasi bo‘lib o‘tadi.
Shu munosabat bilan UNWTO ning rasmiy saytida keng jamoatchilikni Samarqand shahri bilan tanishtirishga qaratilgan videorolik joylashtirildi va “Samarqand – abadiy shahar” filmi suratga olindi.
Shuningdek, Bosh assambleyaning 25-yubiley sessiyasi veb-sahifasi ishga tushirildi va tadbir qatnashchilarini ro‘yhatga olish ishlari boshlandi.
Ishtirokchilar Bosh assambleyaning rasmiy sahifasi orqali nafaqat Samarqandda bo‘lib o‘tadigan tadbir dasturi bilan tanishishi, balki O‘zbekistonga tashrif buyurish to‘g‘risida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishi ham mumkin, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi matbuot xizmati.
N. Usmonova tayyorladi, O‘zA.