AQSH ekologiya-prognozlashtirish milliy markazi 3 iyulni tarixdagi eng issiq kun sifatida qayd etdi.
Meteorologlar ma’lumoti bo‘yicha Yerda o‘rtacha harorat Selsiy bo‘yicha 17 daraja ortgan, bunday holat havo harorati kuzatila boshlangan 1979 yildan buyon yuz bermagandi. Ushbu rekord sabablaridan biri El-Nino nomi bilan mashhur, Tinch okeani ekvator qismida suvning yuza qatlami harorati tebranishi bilan bog‘liq iqlim fenomeni ekani aytilmoqda.
To‘g‘ri, butun sayyora bo‘ylab, jumladan, okeanlar yuzasidagi ma’lumot ham hisobga olinganda o‘rtacha harorat past tuyulishi mumkin. Aslida, olimlar xulosasiga ko‘ra, 3 iyul kuni havo rekord darajada isigan.