O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, 2023 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlat Xitoy.
U 4,5 milliard dollar bilan birinchilikni egallagan. 3,8 milliard dollar bilan Rossiya 2-o‘rinda bo‘lsa, 1,9 milliard dollar bilan Qozog‘iston 3-o‘rinni qayd etgan.
Keyingi o‘rinlarda esa Turkiya – 1,3 milliard dollar, Koreya – 1 milliard dollar, Germaniya – 894 million dollar, Qirg‘iziston – 419 million dollar, Turkmaniston – 364 million dollar, Fransiya – 332 million dollar, Afg‘oniston – 328 million dollarni tashkil etadi.
O‘zA