Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, “Yoshlar kuni” munosabati bilan 25 iyun kuni “Yangi nafas”, “Vatan qalqoni” ommaviy yugurish musobaqalari hamda Xalqaro olimpiya kuniga bag‘ishlangan “Olympic day“ musobaqasi o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan Toshkentdagi bir necha ko‘chalar vaqtincha yopiladi.

Ertaga 23 iyun kuni soat 00:00dan 25 iyun kuni soat 10:00gacha:

– Afrosiyob ko‘chasining Islom Karimov shoh ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Afrosiyob ko‘chasi bo‘ylab Beshyog‘och ko‘chasi bilan kesishmasigacha;

25 iyun kuni soat 05:00dan soat 08:00 gacha:

– Afrosiyob ko‘chasining Islom Karimov shoh ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Afrosiyob va Oybek ko‘chalari bo‘ylab, Oybek va Nukus ko‘chalari kesishmasigacha;

– Oybek va Nukus ko‘chalari kesishmasidan Nukus ko‘chasi bo‘ylab, Rim katolik cherkovigacha.

Haydovchilardan uzr so‘ragan holda, ularga aylanma yo‘llardan foydalanishlarini tavsiya etamiz, deyiladi xabarda.

 

O‘zA