AQSH Prezidenti Jo Baydenning fikricha, Xitoy Raisi Si Szippin Pekin va Vashington o‘rtasidagi munosabatlarni tiklamoqchi, ammo bu vaqt talab etadi. Amerika yetakchisining bu so‘zdarini Oq uy matbuot xizmati tarqatdi.

“Biz munosabatlarni qayta tiklash niyatidamiz. Davlat kotibi Entoni Blinken o‘tgan hafta Pekinda jiddiy muzokaralar o‘tkazib qaytdi. Bu vaqt talab etadigan ish”, – deyiladi bayonotda.

Bayden Kaliforniyada saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida “Xitoy hozir haqiqiy iqtisodiy qiyinchilikni  boshidan kechirmoqda”, degan.

“Reuters” xabariga ko‘ra, AQSH yetakchisi Xitoy rahbarini diktator, deb atagan va Si Szinpin Amerika havo hududida urib tushirilgan Xitoy aerostati to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lmasligi mumkin emas, degan.

“Diktatorlar voqealardan bexabar holda, so‘ng jiddiy sarosimaga tushadilar. Qurilma maqsadli ravishda uchirilgan, keyin esa belgilangan yo‘ldan chiqib ketgan”, deya qo‘shimcha qilgan Bayden urib tushirilgan shar to‘g‘risida.