FOTOREPORTAJ
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumanidagi “Oralboy Nukus” oilaviy korxonasida temirdan eshik va darvozalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
Yosh tadbirkor Pamir Serjanov rahbarligidagi ushbu korxona yiliga qariyb 500 dona mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega. Turli ko‘rinishda ishlab chiqarilayotgan eshik va darvozalarning sifati yaxshi, narxi arzon.
– O‘tgan yili qo‘shni Qozog‘iston Respublikasiga narxi 4 ming 500 AQSH dollari miqdorida mahsulot eksport qildik, – deydi yosh tadbirkor P. Serjanov. – O‘z navbatida, ichki bozorga hamda mahalliy idora va tashkilotlarga buyurtma asosida mahsulot yetkazib beryapmiz. Kelgusida korxonamizni yanada kengaytirib, yog‘ochdan zamonaviy eshiklar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirganmiz.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA