“Reuters” yozishicha, “…ikki davlat o‘rtasidagi munosabatda sezilarli olg‘a siljish bor”, deya qo‘shimcha qilgan yetakchi.

Qo‘shma Shtatlar Prezidenti Jo Bayden AQSH va Xitoy munosabati to‘g‘ri yo‘lda ekanini aytdi.

Davlat kotibi Entoni Blinken “NBC” telekanaliga intervyusida o‘zining Xitoyga tashrifi o‘zaro munosabatni barqarorlashtirish jarayonida debocha bo‘lishini ta’kidladi:

– Xitoy ham, AQSH ham aloqalar beqarorlik darajasiga tushib qolganini anglab yetgan edi. Yangi jarayon boshlanishi barqarorlikka xizmat qiladi, deb ishonaman. Ikki tomon ham “mas’uliyat, majburiyat tuyg‘usini his qilish” zarurligini tushunmoqda. Jarayon kommunikatsiyadan boshlab, hukumatlar o‘rtasidagi hamjihatlikkacha qamrab oladi.

Safar davomida ikki mamlakat yondashuvidagi “farqni belgilash”, “AQSH va Xitoy hamkorlik qilishi mumkin bo‘lgan umumiy manfaatli sohalarni aniqlab olish” imkoni paydo bo‘ldi.