Bugun yengil atletika federatsiyasida shu munosabat bilan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

30 iyun – Yoshlar kuniga bag‘ishlangan “Yangi Nafas” xalqaro ommaviy yugurish musobaqasini va Vatan qalqoni harbiy-vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasini o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, Xalqaro olimpiya kuni (Olympic Day) munosabati bilan bir milyaga teng ramziy masofaga ommaviy yugurish tashkil etiladi.

Joriy yilning O‘sha 25 iyunida respublikamizning 16 ta shahri “Bir Vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda – birga yuguramiz” umumiy shiori ostida birlashadi.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA