Nukusda dzyudo bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqaning birinchi kunida erkaklar 60 va 66 kilo, ayollar 48 va 52 kilo vazn toifalarida tatamiga chiqdi.

Erkaklar o‘rtasida  60 kilo vazn toifasida birinchi o‘rinni buxorolik Bahrom Botirov, ikkinchi o‘rinni qashqadaryolik Aziz Arabov, uchinchi o‘rinni Toshkent shahridan Suxrobjon Ergashev va buxorolik yana bir polvon  Murodil Murodillayev egallagan bo‘lsa, 66 kilo vazn toifasida birinchi o‘rin samarqandlik Ma’ruf Ahmadovga, ikkinchi o‘rin xorazmlik Og‘abek Olamboyevga, uchinchi o‘rin navoiylik Aziz Ortiqov hamda Toshkent shahridan Otabek Otanazarovga nasib etdi.

Ayollar o‘rtasida ikki toifada ham qoraqalpog‘istonlik Gulnur Muratbayeva va Umida Jumaniyazova g‘alaba qozondi.

Musobaqalar davom etmoqda.  

Dovud ABIBULLAEV, O‘zA muxbiri