Xorazm viloyati hokimi ajratilgan mablag‘lardan unumli foydalanilmagani uchun tanqid qilindi

Vazirlar Mahkamasida bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda so‘zga chiqqan Xorazm viloyati hokimi Ilgizar Sobirov ijtimoiy soha vakillarini majburiy mehnatga jalb qilish holatlarining oldini olish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilgani, shuningdek, viloyatda ishsizlikning oldini olishga e’tibor qaratilayotgani haqida gapirdi.

Viloyat hokimi joriy yil birinchi choragida 4,5 ming kishi ish bilan ta’minlangani, buning uchun ajratilgan 41 milliard so‘m mablag‘dan 2 milliardi sarflanganini ma’lum qildi.

Bosh vazir ajratilgan mablag‘larni maqsadli sarflash lozimligi, hozircha viloyatda bu borada ishlar qoniqarli emasligini tanqid qildi.

 

O‘zA