Samarqand viloyati hokimi chuqur qayg‘uda ekanligini bildirdi

Vazirlar Mahkamasida jamoat ishlariga majburiy jalb qilishni taqiqlash, bu borada rahbarlar mas’uliyatini oshirishga bag‘ishlangan yig‘ilish davom etmoqda.

Unda Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jo‘rayev Kattaqo‘rg‘onda o‘qituvchi fojiasi barchani qattiq qayg‘uga solgani haqida gapirdi.

Endilikda onasiz qolgan yetimni shaxsan otaliqqa olgani, tuman xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘i ishdan bo‘shatilgani ta’kidladi.

 

O‘zA