O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi Janubiy Koreyaning Chindju shahrida og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tadigan Osiyo chempionatida vatanimiz sharafini himoya qiladigan terma jamoa tarkibini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, chempionatda O‘zbekiston terma jamoasining 4 nafar ayol va 10 nafar erkak og‘ir atletikachilari ishtirok etadi.

“Parij-2024” Olimpiadasi uchun eng muhim saralash musobaqalaridan biri hisoblangan qit’a birinchiligida Ruslan Nurudinov, Akbar Jo‘rayev, Doston Yoqubov, Tursunoy Jabborova kabi yetakchilar qatori yana bir nechta yoshlar g‘oliblik uchun kurash olib boradi.

Qit’a chempionati musobaqalari 3-13 may kunlari bo‘lib o‘tadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA