Osiyo futbol konfederatsiyasi ayollar futboli bo‘yicha “Parij-2024” Olimpiya o‘yinlariga saralashning 2-bosqichi qaysi sanalarda o‘tishini tasdiqladi. Unga ko‘ra, ushbu bosqich o‘yinlari joriy yilning 23 oktyabr – 1 noyabr kunlari tashkil etiladi.

Mazkur bosqichda KXDR, Yaponiya, Avstraliya, Xitoy, Janubiy Koreya, O‘zbekiston, Vetnam, Xitoy Taypeyi, Tailand, Filippin, Hindiston, Eron terma jamoalari bahs olib boradi.

Ikkinchi davraga qur’a tashlash marosimi 2023 yil 18 may kuni Kuala-Lumpurdagi Osiyo futbol konfederatsiyasi qarorgohida bo‘lib o‘tadi, deyiladi OFK matbuot xizmati xabarida.

O‘zA