FOTOREPORTAJ

Joriy yilning 5-12 aprel kunlari poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida o‘zbekistonlik birinchi xalqaro grossmeyster Georgiy Agzamov xotirasiga bag‘ishlangan an’anaviy XVI xalqaro shaxmat turniri bo‘lib o‘tdi.

Mukofot jamg‘armasi 25 ming AQSH dollari bo‘lgan xalqaro turnirda 10 ta tur o‘ynaldi. Reyting natijalariga qarab ikki – “A” va “B” guruhlariga bo‘lingan 250 nafarga yaqin shaxmatchi o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazdi.  Bugun esa turnirning g‘olib va sovrindorlari e’lon qilindi.

Xalqaro shaxmat federatsiyasi nomidan ishtirok etayotgan Volodar Murzin turnir g‘olibi, deb e’lon qilindi.  Unga medal hamda 5 ming AQSH dollari nasib etdi. 2-o‘rin ozarboyjonlik Vugar Rasulov bo‘ldi. Hamyurtimiz Shamsiddin Vohidov 3-o‘rin bilan kifoyalandi.

Ayollar o‘rtasida esa Nilufar Yoqubboyevaga teng keladigani topilmadi. Keyingi o‘rinlarni esa  Afruza Hamdamova va Saltanat Muratova egalladi.

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan ta’sis etilgan pul mukofotlari, medallar bilan taqdirlandi.

O‘zA fotomuxbiri 
Muhammad AMIN olgan suratlar.