Innovatsion rivojlanish agentligi Innovatsion rivojlanish strategiyasi va global innovatsion indeks bo‘limi tomonidan “PricewaterhouseCoopers” konsalting kompaniyasi (PWC) bosh ofisi vakillari bilan videokonferensiya o‘tkazildi.

Global innovatsion indeksda «Ko‘ngilochar va media bozorini rivojlantirish» indikatori reytingini aniqlash manbasi Global Entertainment and Media Outlook hisoboti bo‘lib, u “PricewaterhouseCoopers” kompaniyasi tomonidan shakllantiriladi.

Uchrashuvda indikator bo‘yicha shakllantirilgan ma’lumotlarni Global Entertainment and Media Outlook hisobotiga kiritish, Jahon intellektual mulk tashkilotiga taqdim etish hamda Global innovatsion indeksning 2023 yil hisobotida aks ettirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar muhokama etildi.

Shu bilan birga, indeksdagi «Milliy xarakterdagi badiiy filmlar sonini oshirish» ko‘rsatkichini yurgizuvchi OMDIA tashkilotiga ma’lumotlarni “PricewaterhouseCoopers” kompaniyasi orqali taqdim etish bo‘yicha hamkorlikda ish yuritishga kelishib olindi.

 

O‘zA