Toshkent shahrida O‘zbekistonda BMT shartnomalarining bajarilishini monitoring qilish va muvofiqlashtirish yuzasidan xalqaro jamoatchilik muhokamasi o‘tkazildi.
Unda Xalqaro yuristlar komissiyasi, BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasining Markaziy Osiyo uchun mintaqaviy bo‘linmasi (ROCA), “Yuksalish” umummilliy harakati, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va fuqarolik jamiyati vakillari ishtirok etdi.
Muhokamada Bosh prokuratura mas’ul xodimi S.Ahmedov prokuratura organlari tomonidan inson huquqlarini himoya qilish, shu jumladan, xotin-qizlar kamsitilishining oldini olish, bola huquqlarini ta’minlash borasida BMT asosiy konvensiyalari tatbiq etilishi va amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Bundan tashqari, tadbirda BMTning shartnomaviy qo‘mitalari tomonidan berilgan so‘nggi tavsiyalari ijrosini O‘zbekistonda samarali monitoring qilish va muvofiqlashtirishni ta’minlash uchun ko‘rilishi lozim bo‘lgan zarur choralar muhokama qilindi.
O‘zA