Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining qarori bilan Toshkentda 500dan ortiq ko‘cha va joy nomlari o‘zgardi.

Qaror bilan nomsiz bo‘lgan 281 ta ko‘chaga yangi nom qo‘yildi. Shuningdek, 20 ta takrorlangan ko‘cha nomlari qayta nomlandi.

1 ta qonunchilikka zid nom (Lokomotiv liniyasi nomli ko‘cha Mehridil deb o‘zgartirilgan) qayta nomlandi.

Qolaversa, geografik joylashuvi qayta ko‘rib chiqilishi natijasida nomi o‘zgargan (Toshkent shahriga qo‘shib olingan) 228 ta hudud qayta nomlandi.

Geografik joylashuviga aniqlik kiritilayotgan 21 ta (Bektemirda 14 ta, Sergelida 2 ta, Yashnobodda 5 ta) hudud o‘z nomini saqlab qoldi.

O‘zA