Germaniyaning “Lufthansa” aviakompaniyasi xabariga ko‘ra, ish tashlash tufayli Frankfurt va Myunxen aeroportlaridan 17 fevralga rejalangan barcha reyslar bekor qilingan.

“Ver.di” kasaba uyushmasi jamoat xodimlarini Frankfurt, Myunxen, Shtutgart, Gamburg, Dortmund, Gannover va Bremen aeroportlarida ish tashlashga chaqirdi. Frankfurt va Myunxen aeroprotlaridan barcha 1300 reys bekor qilindi.

Buning natijasida boshqa aeroportlardagi turli yo‘nalishlarda ham reyslarning bekor qilinishi kutilmoqda.

“Lufthansa” bayonotida, reyslar bekor qilinishi to‘g‘risida yo‘lovchilar oldindan xabardor qilingan va ularga muqobil yo‘nalishlarga bron qilish takliflari berilgan.

 

O‘zA