O‘zA xabar berishicha, Toqayev «Ukraina – Rossiya» masalasida o‘z pozitsiyasini bildirdi.

Bugun, 16 fevral kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qildi, deya xabar berdi «Kazinform».

Ukraina tomonining tashabbusi bilan tashkil etilgan suhbat ikki davlat o‘rtasidagi gumanitar aloqa masalasini muhokama qilishga bag‘ishlangani aytilmoqda.

Toqayev Qozog‘istonning Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi qurolli mojaroni BMT Nizomi va xalqaro huquqning umumiy normalari asosida diplomatik yo‘l bilan hal etish bo‘yicha pozitsiyasini tasdiqlagan.