Abu-Dabida ayollar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan “Kichik shaxmat yulduzlari” turnirida hamyurtimiz Shahnoza Sobirova blits bahslarida 2-o‘rinni egalladi.
Tolerantlik o‘yinlari nomi ostida o‘tgan bahslarda 20 dan ziyod mamlakatning 89 nafar ishtirokchisi qatnashdi. O‘yinlar klassik va blits yo‘nalishlarida tashkil etildi.
Shveysarcha tizimidagi 7 turdan iborat musobaqaning blits yo‘nalishida turkmanistonlik Turgum Geldiyeva g‘oliblikka erishgan bo‘lsa, o‘zbekistonlik Shahnoza Sobirova va Birlashgan Arab Amirligi vakilasi Ahlam Rashid 2-o‘rindan joy oldi, deya xabar bermoqda Xalqaro shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA