Niderlandiyaning Veyk-an-Ze shahrida shaxmat bo‘yicha davom etayotgan “Tata Steel Chess” turnirining ortda qolgan 2-tur o‘yinlaridan keyin 1,5 ochko jamg‘argan hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov, norvegiyalik Magnus Karlsen, xitoylik Din Lijen va niderlandiyalik Anish Giri peshqadamlik qilishmoqda.

Xabar berganimizdek, iste’dodli shaxmatchimiz Nodirbek musobaqaning 1-turida ruminiyalik Rixard Rapportni mag‘lubiyatga uchratdi. 15 yanvar kuni kechgan 2-turda Abdusattorov amerikalik Fabiano Karuana bilan murosa yo‘lini tanladi. Amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen esa ushbu turda germaniyalik Vinsent Kaymerni mag‘lubiyatga uchratdi.

2-turda shuningdek, quyidagi natijalar qayd etildi:

Uesli So (AQSH) – Arjun Erigaysi (Hindiston)  1/2, Levon Aronyan (AQSH) – Rameshbabu Pragnanandxa (Hindiston) 1/2,  Din Lijen (Xitoy) – Parxam Magsudlu (Eron) 1/2, Anish Giri (Niderlandiya) – Dommardju Gukesh (Hindiston) 1-0, Yorden van Forest (Niderlandiya) – Rixard Rapport   (Ruminiya) 1/2.

Bugun, 16 yanvar kuni 3-tur bahslari bo‘lib o‘tadi.

 

T.Ro‘ziyev,  

O‘zA