Harbiy hamkorlik davom etadi…
Kiyevdagi Prezident ma’muriyatining rahbari Andrey Yermakning xabariga ko‘ra, Rossiya va Ukraina “ellikka ellik” shaklida asirlarni ayirboshladilar.
“Chernobil AES, shuningdek, mamlakatimizning bir qator shaharlarida asirga tushgan yigitlarimiz vatanga qaytarildi, dedi Yermak.
Bu haqdagi xabarni Rossiya Mudofaa vazirligi ham tarqatdi.
“Turkiya Ukraina atrofidagi ziddiyatda jahon hamjamiyati harakatsiz qolmoqda, qurol bilan savdo qiluvchilar boyib ketmoqda, tinch yo‘l bilan yechim topishda Rossiya va Ukraina bilan bir vaqtning o‘zida muzokara olib borayotgan yagona mamlakatdir”, dedi Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an. Bu haqda “TRT” telekanali ma’lum qildi.
“La Repubblica” gazetasining xabar berishicha, Italiya hukumati Ukrainaga harbiy yordam berish to‘g‘risidagi oltinchi qarorini fevral oyida berishi mumkin.
Ukraina Prezidenti ma’muriyati rahbarining maslahatchisi Mixail Podolyak ham Italiyaning Kiyevga yetkazib beradigan qurol-yarog‘lar olish to‘g‘risidagi yangi rejalaridan xabardorligini ma’lum qildi.
“Kiyev va Rim o‘rtasidagi aloqlarni “juda samarali”, deb atagan.
Buyuk Britaniya Bosh shtabi Quruqlikdagi kuchlar sobiq qo‘mondoni Richard Dannatning “The Daily Telegraph” gazetasiga bergan intervyusida “Britaniya hukumatining Ukrainaga harbiy texnika yetkazib berish to‘g‘risidagi xabarlarning mavjud emasligi Birlashgan Qirollikning Kiyev hokimiyatiga harbiy yordam berishning kelajagi yo‘qligidan dalolat bermoqda”, deb ta’kidlagan.
Uning fikricha, “Fransiya, Germaniya va AQSH tank va boshqa texnikalarni yetkazib berish bo‘yicha ochiq-oydin bayonotlar bermoqda. Buyuk Britaniya ham avvaliga Ukrainaga yordam berish haqida gapirdi, ammo keyinchalik orqaga chekingani sezilmoqda”.
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy yangi imzolagan farmoni bilan rossiyalik rejissyor Nikita Mixalkov, qo‘shiqchi Filipp Kirkorov va boshqa 117 siyosatchi, jurnalist, yozuvchi, san’atkor, olimlarning mamlakatga kirishi taqiqlanadi.
Farmon davlat rahbari devonining saytida e’lon qilingan.
Shuningdek, farmonda Ukraina fuqarolari, xususan, televideniya boshlovchisi Janna Badoyeva, Ukraina futbol jamoasining sobiq kapitani, hozir Peterburgning “Zenit” komandasi bosh treneri Anatoliy Timouk ham bor.
Hujjatda aytilishicha, nomi zikr etilganlarning bank hisob-raqamlari, iqtisodiy va moliyaviy majburiyatlari, madaniy hamkorliklar to‘xtatiladi, ularning Ukrainaga kirishlari taqiqlanadi. Davlat va boshqa mukofotlari bekor qilinadi.
Farmon e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi, deyiladi xabarda.
Abror XON, O‘zA