Hamkorlarimiz sahifalarida
“Amirliklar qishloqlari” (Emirates Villages) loyihasi “Qidfa’a” hududini rivojlantirish bilan o‘z faoliyatini boshladi. Bu haqda BAA axborot agentligi WAM xabar beradi.
Turizm nuqtai nazaridan yangi modelni yaratishga qaratilgan loyihani amalga oshirishda Fujayra rahbari yaqindan yordam ko‘rsatmoqda. Fujayra amirligida joylashgan Qidfa’a qishlog‘ini rivojlantirish rejasining maqsadlari har yili mintaqaga 100 ming nafar sayyohni jalb qilish, qishloq yoshlarini iqtisodiy va sarmoyaviy rivojlantirish bo‘yicha 50 ta loyihani amalga oshirish, tijorat va iqtisodiy loyihalarni ishga tushirishdan iboratdir.
Ummon ko‘rfazi sohilida joylashgan Fujayra amirligi o‘zining oromgohlari va mintaqaning katta qismini qamrab olgan Xajjar tog‘ tizmasi bilan mashhur. Amirlikning janubida xuddi shu nomdagi shahar joylashgan bo‘lib, u yerdan Abu-Dabidagi oq minorali Shayx Zayd katta masjidini ko‘rish mumkin. Shahar tepasida VII asrda qayta qurilgan, dumaloq va kvadrat minoralari bor Fujayra qal’asi joylashgan.
Qidfa’a hududini rivojlantirish loyihasi Amirliklar Kengashining 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan muvozanatli rivojlanish strategiyasi doirasida amalga oshiriladi, uning maqsadi mini-iqtisodiyotni yaratishni qo‘llab-quvvatlovchi innovatsion metodologiya orqali mamlakatning chekka hududlarida barqaror o‘sishga erishishdir. O‘z navbatida, Sanoat va ilg‘or texnologiyalar vaziri, Amirliklar Kengashi raisining o‘rinbosari, doktor Sulton bin Ahmad Al-Jobir shunday dedi:
“Amirliklar qishloqlari loyihalari istiqbolga mos keladigan o‘ziga xos rivojlanish modelini ifodalaydi. Yetakchilik va Amirliklar Muvozanatli Rivojlanish Kengashi tomonidan taqdim etilgan hukumat, xususiy va jamoat sektorlari o‘rtasidagi samarali hamkorlikka tayanadi. Ushbu kashshof loyiha muvozanatli va barqaror iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish uchun namunadir”.
Al-Jobir mazkur loyihaning maqsadi turizm salohiyatini rivojlantirish, qishloqlar bahramand bo‘layotgan o‘ziga xos imkoniyatlarni joriy etish, strategik sheriklar guruhi bilan hamkorlikda yoshlarni rivojlantirish loyihalarini yo‘lga qo‘yishdan iborat ekanini ta’kidladi.
Qidfa’a qishlog‘i aholisi dehqonchilik bilan shug‘ullanadi. Uning vodiylari orasida ko‘p yillik daraxtlarga to‘la yam-yashil fermalar bor. Mahalliy bozorda iste’mol ehtiyojlarini qondiradigan palma daraxtlari, g‘alla yetishtirish va qishloq xo‘jaligi ekinlari bilan ham mashhurdir.
Qidfa’a BAA tarixiy ildizining muhim qismidir, chunki qishloqning tarixi “Vodiy Suq” davriga borib taqaladi, u miloddan avvalgi 2000 yildan ko‘proq vaqtga to‘g‘ri keladi. U yerda ohaktosh, bronza va temir asrlari kabi qadimgi davrlarga oid ko‘plab tarixiy joylar va artefaktlar topilgan. Shuningdek, Qidfa’a BAAdagi iqtisodiy mavze va qishloqlar xaritasidagi mavqeini oshiradigan ko‘plab tarkibiy qismlarga ega, chunki u davlat tomonidan 10 milliard dirhamga 380 mingga yaqin uyni energiya bilan ta’minlash uchun qurilgan elektr stansiyasini o‘z ichiga oladi.
Muharrama Pirmatova, O‘zA