RT Arabic telekanali Turkiya manbalariga tayanib uchrashuv yaqin kunlarda bo‘lishini ma’lum qilmoqda.

Manbalarda ta’kidlanishicha, Tashqi ishlar vazirliklari rahbarlarining uch tomonlama uchrashuvi katta ehtimol bilan yaqin kunlarda BAA da bo‘lib o‘tadi.

Chorshanba kuni Suriya prezidenti Bashar Asad Damashqqa amirlik delegatsiyasi bilan birga tashrif buyurgan BAA tashqi ishlar va xalqaro hamkorliklar vaziri Abdulla bin  Zoid Ol-Nahayon bilan muzokara o‘tkazgan.

Avvalroq Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li Anqara Turkiya va Suriya tashqi ishlar vazirlari uchrashuvini yanvarning ikkinchi yarmida o‘tkazishni taklif qilgani haqida ma’lum qilgandi. Uning ta’kidlashicha, uchrashuv uchinchi bir mamlakatda, jumladan, Rossiyada uyushtirilishi ham mumkin.

2011 yil Suriyada fuqarolar urushi boshlandi. Shu vaqtgacha Damashq bilan yaxshi munosabatda bo‘lib kelgan Turkiya Suriya prezidenti Bashar Asadga qarshi kurashayotgan kuchlar tarafini oldi. Shundan buyon Turkiya bilan Suriya o‘rtasidagi munosabatlar murakkabligicha qolmoqda. Biroq so‘nggi haftalarda ayrim ommaviy axborot vositalari munosabatlar asta-sekin izga tushib borayotgani haqida yoza boshladi, deyiladi RIA Novosti bergan xabarda.