Prezident Rejep Tayyip Erdog‘an ta’kidlashicha, zamonaviy Turkiyaning yutuq va muvaffaqiyatlari mamlakat taraqqiyotini sekinlashtirishga urinayotgan, jumladan, terror tashkilotlaridan foydalanish orqali Turkiyaga qarshi turmoqchi bo‘layotgan doiralarni tashvishga solmoqda. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar berdi.
Davlat rahbarining aytishicha, Anqara tahdidlarga qat’iy qarshilik ko‘rsatib, mamlakat raqiblariga jiddiy zarbalar bermoqda.
Prezident Turk Qurolli kuchlarining Suriya va Iroqda davom etayotgan amaliyotiga e’tibor qaratdi.
“Turk armiyasi bir necha kundan beri samolyotlar, uchuvchisiz boshqariladigan uchoqlar va artilleriyadan foydalangan holda terrorchilarga hujum qilmoqda. Tez orada bu tahdidni yo‘q qilamiz”, deya ishontirdi Erdog‘an.