Poytaxtimizda bo‘lib o‘tayotgan «BMTining global aksilterror strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlarining mintaqaviy hamkorligi» mavzusidagi xalqaro konferensiyaning ikkinchi kuni o‘z ishini boshladi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida «BMTning Global aksilterror strategiyasi doirasidagi Mintaqaviy qo‘shma rejaning 10 yillik natijalari va kelgusi istiqbollariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyani Toshkent shahrida o‘tkazish tashabbusiga asosan tashkil qilinmoqda.

Ayni vaqtda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro konferensiyada BMTning Global aksilterror strategiyasi doirasidagi Mintaqaviy qo‘shma rejaning 10 yillik natijalarini sarhisob qilish, terrorizmga qarshi kurash doirasidagi hamkorlik tendensiyalari va istiqbollarini muhokama qilish, Markaziy Osiyo davlatlarining tavsiyalari asosida Yangilangan qo‘shma rejasini tasdiqlash va BMTning Global aksilterror strategiyasi so‘nggi yettiligini ko‘rib chiqish ko‘zda tutilgan.

Bu konferensiya BMTning Markziy Osiyo mamlakatlarida Global aksilterror strategiyasini amalga oshirish rejasini xalqaro maydonda tatbiq qilish bo‘yicha amaliy tajriba almashish imkonini beradi.

Konferensiyaning ikkinchi kunida terrorizmga qarshi kurash masalalari bilan bog‘liq jarayonlar xususan, terrorizmga qarshi kurashning mafkuraviy, tashkiliy, huquqiy, psixologik va texnik jihatlari haqida xalqaro ekspertlar tomonidan ma’lumotlar berilmoqda.