bi
26-28-yanvar kunlari Fransiyada o‘tkazilgan karate bo‘yicha Gran-pri turkumiga kiruvchi Parij ochiq chempionatida mamlakatimiz vakili Sadriddin Saymatov bronza medalga sazovor bo‘ldi.
Davlatimiz rahbarining 2017-yil 9- martdagi O‘zbekiston sportchilarini 2020- yil Tokio shahrida (Yaponiya) bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o‘yinlariga tayyorlashga oid qarori sportchilarimizning xalqaro miqyosdagi nufuzli musobaqalarga har tomonlama puxta tayyorlanishi va munosib ishtirok etishi, terma jamoalarni yangi iste’dodlar bilan boyitishda muhim omil bo‘layotir.
Parij ochiq chempionatida Sadriddin Saymatov 60 kilogrammgacha vazn toifasida mamlakatimiz sharafini munosib himoya qildi. U mazkur musobaqada bronza medal bilan birgalikda 2020- yil Tokio shahrida (Yaponiya) bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlariga chiqish uchun muhim bo‘lgan 475 reyting ochkoni qo‘lga kiritdi.
– Gran-pri musobaqasida bronza medali va muhim reyting ochkoga ega bo‘lganimdan xursandman, – deydi S.Saymatov. – Yurtimiz sharafini yanada yuksaltirish – bizning farzandlik burchimiz. Maqsadim jahon chempionati va Olimpiya o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritishdir.