“Yuventus” tajribali yarim himoyachisidan vaqtinchalik ayrildi

Italiyaning “Yuventus” klubi yarim himoyachisi kolumbiyalik Xuan Kuadrado chov qismidagi jarohati sabab jamoaning bir nechta o‘yinlarini o‘tkazib yuborayotgan edi.

Endi Xuan jarrohlik amaliyotini o‘tkazadi va yana ikki hafta maydonga tusha olmaydi. Buning natijasida 14-fevral kuni Yevropa chempionalar ligasining 1/8 finalidan o‘rin olgan “Yuventus” va “Tottenxem” uchrashuvini o‘tkazib yuboradi.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA